Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Aholini tibbiy qo‘llab-quvvatlash: Poliklinikada bepul dorilar tarqatilishi nazorat qilindi
янв.21
Murojaat va o‘rganish: Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ovqatlanish ratsioni nazorat qilindi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Yangi yo'l MFYda tomorqadan unumli foydalanish amalda!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi nazorat qilinmoqda
янв.21
Navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala dastlabki bosqichda atroflicha o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va Yoshlar maslahat guruhi "mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Uzun tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati va hudud xavfsizligi deputat e’borida
янв.21
«Chaqar» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish

📌 Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 24-“Chinor” saylov okrugidan saylangan deputat Mavlyanov Otabek Rustamovichning saylov okrugi hududidagi “Chinor” mahallasida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash holatini o‘rganish yuzasidan navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

📌 O‘rganishning maqsad va vazifalari

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — “Chinor” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolar va oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifatini, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlarining belgilangan tartibda amalga oshirilishini o‘rganishdan iborat.

🔍 O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari bilan ishlash, ularning murojaatlarini o‘rganish, tegishli ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish hamda ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam olishga ehtiyojmand oilalarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🏛 O‘rganish tadbirida ishtirok etganlar

O‘rganish tadbirida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputati Yu.Hakimov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirok etdilar.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar tahlil qilinib, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash jarayonlarining shaffofligi hamda manzilliligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.

🤝 Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3