DEPUTAT “MOBIL HOUSE” FAOLIYATI BILAN TANISHDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati A. Abdumurodov tomonidan “Mobil House” faoliyati o‘rganildi.
🔎 O'rganish davomida korxonaning ish faoliyati, erishayotgan natijalari, yaratilgan shart-sharoitlar hamda kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishildi.
👏 Deputat tomonidan “Mobil House” jamoasining erishayotgan yutuq va muvaffaqiyatlari e’tirof etilib, jamoa a’zolari samimiy tabriklandi.
🤝 Shuningdek, faoliyatni yanada rivojlantirish, yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi.
Mehnat, tashabbus va izlanish — yangi yutuqlar garovidir!