Iste’mol krediti – fuqarolarning moliyaviy manfaatlarini himoya qiluvchi muhim huquqiy mexanizm
O‘zbekiston Respublikasining “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–33, 2006-yil 6-may) iste’mol kreditini berish, undan foydalanish va qaytarish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi hamda kreditor va qarz oluvchilarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Mazkur qonun bilan:
🔹 iste’mol kreditini berishning huquqiy asoslari va shartlari;
🔹 kredit shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va muddatidan oldin bajarish tartibi;
🔹 qarz oluvchi hamda kreditorning huquq va majburiyatlari;
🔹 iste’mol kreditining miqdori, muddati, foiz stavkasi va qaytarish shartlari;
🔹 kredit berish jarayonida ochiqlik, shaffoflik va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish mexanizmlari;
🔹 qonun talablarini buzganlik uchun javobgarlik masalalari belgilab berilgan.