DOIMIY KOMISSIYALAR XULOSALARI ESHITILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi 33-sessiyasi davomida kun tartibiga kiritilgan masalalar har tomonlama muhokama qilindi.
📌 Har bir masala yuzasidan tegishli doimiy komissiyalarning xulosalari eshitildi.
Doimiy komissiyalar tomonidan masalalar dastlabki tarzda o‘rganilib, amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari tahlil qilindi.
🗣 Komissiya xulosalari asosida deputatlar tomonidan qo‘shimcha savol va takliflar bildirilib, masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bu jarayon deputatlik nazoratini kuchaytirish, masalalarni chuqur o‘rganish va qabul qilinayotgan qarorlarning asoslanganligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.