35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Iste’mol krediti – fuqarolarning moliyaviy manfaatlarini himoya qiluvchi muhim huquqiy mexanizm
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Chaqаr mahallasida ko‘chaboshilar bilan birgalikda aholi bilan muloqot qilib, ularning murojaat va muammolarini tingladi.
янв.21
Kengash raisi dasturlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Kengash raisi Chaqаr mahallasidagi xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengash raisi Chaqаr mahallasidagi “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi
янв.21
SESSIYAGA KIRITILADIGAN MASALALAR DASTLAB KENGASH RAISI RAHBARLIGIDA DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
BYUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
ISH REJA VA SESSIYA QARORI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
“MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
янв.21
OILA MUSTAHKAMLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING ASOSI
Temir Darvoza MFYda aholi murojaatlari o‘rganildi

🇺🇿 Temir Darvoza MFYda aholi murojaatlari o‘rganildi

🔴 Bugun Xalq deputatlari tuman kengashi raisi B.K.Xaitov, Kengash kotibiyati xodimi Z.O‘zbekova, tuman Kengashi deputatlari Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari birgalikda Temir Darvoza mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.

🔴 Muloqot davomida aholini qiynayotgan ichimlik suvi, elektr ta’minoti, ichki yo‘llar, bandlik, ijtimoiy yordam hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat joyida o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirokida amaliy choralar belgilandi.

🔴 Shuningdek, ayrim masalalar bo‘yicha mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovi yuborish hamda ijrosini nazoratga olish yuzasidan kelishib olindi.

🔴 Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazish, ularning muammo va takliflarini eshitish hamda amaliy yechim topishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

✍ Ma’lumot uchun: Temir Darvoza MFYda bugungi kunda 4830 nafar fuqaro 800 ta xonadonlarda istiqomat qilib kelmoqda.

Slide 1 of 1