35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Iste’mol krediti – fuqarolarning moliyaviy manfaatlarini himoya qiluvchi muhim huquqiy mexanizm
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Chaqаr mahallasida ko‘chaboshilar bilan birgalikda aholi bilan muloqot qilib, ularning murojaat va muammolarini tingladi.
янв.21
Kengash raisi dasturlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Kengash raisi Chaqаr mahallasidagi xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengash raisi Chaqаr mahallasidagi “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi
янв.21
SESSIYAGA KIRITILADIGAN MASALALAR DASTLAB KENGASH RAISI RAHBARLIGIDA DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
BYUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
ISH REJA VA SESSIYA QARORI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
“MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
янв.21
OILA MUSTAHKAMLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING ASOSI
MAHALLIY KENGASHLAR KOTIBIYATLARI FAOLIYATI CHUQUR TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi kotibiyati tomonidan mahalliy Kengashlar kotibiyatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning ish samaradorligini oshirish hamda joriy haftada amalga oshirilgan vazifalar ijrosini tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqish maqsadida viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida Zoom platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

Videoselektor yig‘ilishida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A. Ermatov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari Z. Yakubova va N. Akbarova ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida joriy hafta mobaynida mahalliy Kengashlar kotibiyatlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar chuqur tahlil qilinib, deputatlik nazorati, doimiy komissiyalar faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, deputat so‘rovlari ijrosi, mahalliy Kengash qarorlari bajarilishi hamda axborot siyosati yo‘nalishlaridagi natijalar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyatini yanada tizimli tashkil etish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ko‘cha boshilari bilan hamkorlikni mustahkamlash, hududlardagi muammolarni "Ko‘cha aylanish daftari" orqali o‘z vaqtida aniqlash va ularning ijrosini qat’iy nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muhokamalar davomida ayrim yo‘nalishlarda uchrayotgan kamchiliklar tanqidiy baholanib, ularni bartaraf etish, ish sifatini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish bo‘yicha aniq tavsiya va topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini sifatli tashkil etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, axborot-tahliliy materiallarni o‘z vaqtida tayyorlash va Kengash faoliyatining ochiqligini ta’minlash yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida mahalliy Kengashlar kotibiyatlari faoliyatida tizimlilik, ochiqlik va natijadorlikni yanada oshirish, belgilangan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5