Gulistonda amaliy ishlar: Deputatlar va Kengash raisi mahalla obodonligiga bosh qosh!
Guliston mahallasini namunaviy hududga aylantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amaliy ishlar boshlandi. Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D. Safarova boshchiligidagi deputatlar, otinoyilar hamda faol xotin-qizlar tomonidan aholi xonadonlarida tushuntirish ishlari olib borildi.
Muloqotlar davomida xonadon va ko‘chalar ozodaligini ta’minlash, obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etish, farzand tarbiyasi, oilaviy ajrimlarning oldini olish, mahallada sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.