Deputatlar joylarda muammolarni tahlil qilmoqda
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining doimiy komissiyalari tomonidan navbatdagi sessiya oldidan hududiy oʻrganishlar va nazorat tadbirlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Xususan, olib borilayotgan oʻrganish ishlarida tuman Kengashi deputati S. Toxirov hamda Kengash kotibiyati xodimi Sh. Ergasheva faol ishtirok etib, hududlardagi dolzarb masalalarni joyida tahlil qilmoqdalar.
Oʻrganishlardan koʻzlangan asosiy maqsadlar:
Tumandagi mavjud muammolarni bevosita hududning oʻzida, aholi bilan muloqot qilgan holda oʻrganish;
Aholini qiynayotgan masalalarni tizimli tahlil qilib, ularni hal etish choralarini koʻrish;
Boʻlajak sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalar yuzasidan aniq, asosli va tahliliy takliflarni tayyorlash.