Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat so‘rovi: Nogironligi bo‘lgan fuqaroning murojaati nazoratga olindi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2026-yil 6 oylik faoliyati sarhisobi
янв.21
Deputatlar faoliyatida “Deputat daftari”ning yuritilishi ko‘rib chiqildi
янв.21
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida"gi qonun deputat nazoratida
янв.21
Oqostona mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat A.Kamolov va kotibiyat mutaxassisi Sh.Ergasheva "Oqostona"da:
янв.21
Kengash_Kotibiyat_faoliyati
янв.21
Gulistonda amaliy ishlar: Deputatlar va Kengash raisi mahalla obodonligiga bosh qosh!
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMANI KENGASHI RAISI VA DEPUTATLAR TASHABBUSI BILAN GULISTON MAHALLASIDA YANGI MUHIT YARATILMOQDA
янв.21
Uzun tumanida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rganildi
Tibbiyot muassasasida xizmat sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Kamalov tomonidan tumanning “Barraj” mahallasida joylashgan 11-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

Tashrif davomida poliklinikaning qabul bo‘limi, oilaviy shifokorlar, tor mutaxassislar xonalari, emlash kabineti, laboratoriya, dori-darmon ta’minoti, tibbiy jihozlardan foydalanish holati hamda aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, elektron navbat tizimi, tibbiy hujjatlarni yuritish, bemorlarni qabul qilish tartibi va murojaatlarga munosabat bildirish amaliyoti ham atroflicha o‘rganildi.

Deputat tibbiyot xodimlari bilan muloqot qilib, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, surunkali kasalliklarni erta aniqlash hamda tibbiy madaniyatni yuksaltirish borasida tegishli tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 4