Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT VA XALQ MULOQOTI: “O‘ZBEKISTON” MFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: “ERKINLIK” MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI NAZORATGA OLINDI
янв.21
BAHORISTON MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
QONUN VA DEPUTAT FAOLIYATI
янв.21
XALQ BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR Joyida O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA 24 TAVSIYA IJROSI AMALDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI KUN TARTIBIDAGI MASALA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHI: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA SHAFFOFLIK DIQQAT MARKAZIDA
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda

Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati A.Bakiyev o‘zi saylangan hudud — “Erkinlik” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, aholi bilan bevosita muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv xonalarda emas, balki bevosita ko‘chalarda, aholining kundalik hayot kechirish joylarida tashkil etilib, fuqarolarning muammolari va murojaatlari joyida tinglandi.

Aholi tomonidan yo‘llar holati, kommunal tizim, ichimlik suvi ta’minoti hamda ijtimoiy ko‘mak masalalariga oid bir qator murojaatlar kelib tushdi.

Har bir murojaat deputat tomonidan alohida nazoratga olindi.

Yechimi ma’lum vaqt va mablag‘ talab etadigan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

Deputat va saylovchilar o‘rtasidagi bunday ochiq muloqotlar hududdagi muammolarni tezkor va samarali hal etishga xizmat qiladi.