Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 22-26-iyun kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlari haqida tanishing:
янв.21
DEPUTAT VA XALQ MULOQOTI: “O‘ZBEKISTON” MFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: “ERKINLIK” MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI NAZORATGA OLINDI
янв.21
BAHORISTON MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
QONUN VA DEPUTAT FAOLIYATI
янв.21
XALQ BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR Joyida O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA 24 TAVSIYA IJROSI AMALDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI KUN TARTIBIDAGI MASALA MUHOKAMA QILINDI
Kengash_faoliyati

🏛 #_DEPUTAT_NAZORATI

#24_ta_masala

✅Bandixon tumanida aholi bilan bevosita muloqot qilish, "mahalla-bay" ishlash tizimining samaradorligini oshirish hamda xalq vakillarining joylardagi nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati S.Jumaev tumandagi “Bahoriston” mahallasida bo‘lib, mahalla faollarining bugungi kundagi ish faoliyati va erishilayotgan natijalarini o‘rgandi.

✅Ushbu o‘rganish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi.

✅Tahlil markazida bo‘lgan muhim yo‘nalishlar:

✅Hokim yordamchisi bilan: Mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, "Oilaviy tadbirkorlik" dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar ajratilishi hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi;

✅Profilaktika inspektori bilan: Jinoyatchilik dinamikasi: Mahallada sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning sabablari va ularni keltirib chiqarayotgan omillar ko‘rib chiqildi.Profilaktik chora-tadbirlar: “Xonadonbay” yurish orqali oilaviy mojarolarni kamaytirish va ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash choralari.

✅Deputat B.Yo‘ldoshev tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla faollari ish samaradorligini yanada oshirish hamda aholi muammolarini manzilli hal etish bo‘yicha tegishli amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅Bizning maqsadimiz — har bir mahallada qonun ustuvorligi va xalq roziligini ta’minlash!

Slide 1 of 1