Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT VA XALQ MULOQOTI: “O‘ZBEKISTON” MFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
янв.21
BAHORISTON MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: “ERKINLIK” MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI NAZORATGA OLINDI
янв.21
QONUN VA DEPUTAT FAOLIYATI
янв.21
XALQ BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR Joyida O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA 24 TAVSIYA IJROSI AMALDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI KUN TARTIBIDAGI MASALA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHI: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA SHAFFOFLIK DIQQAT MARKAZIDA
PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati B.Abdurahimov hamda tuman
Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov Gulobod mahalla fuqarolar
yig‘inida bo‘lib, mahallada huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish,
jamoat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar osoyishtaligini mustahkamlash hamda
sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish borasida profilaktika
inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar.


O‘rganish jarayonida profilaktika inspektori tomonidan huquqbuzarlik va
jinoyatchilikka sabab bo‘luvchi omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish,
muammoli hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash, ishsiz
fuqarolarni bandlikka jalb etish, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy
targ‘ibot hamda profilaktik tadbirlarni muntazam tashkil etish bo‘yicha olib
borilayotgan ishlar tahlil qilindi.


Shuningdek, mahallada “xonadonbay”, “fuqarobay” va “muammobay” ishlash tizimi
doirasida aholi murojaatlarini o‘rganish, notinch oilalar, xavf guruhiga
kiruvchi fuqarolar hamda profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan individual
tartibda ishlash, ularning muammolarini hal etish va ijtimoiy moslashuvini
ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi va deputat
tomonidan bu borada ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar
berildi.


O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar deputat tomonidan “Deputatning
ko‘cha daftari”ga kiritildi. Ularni bartaraf etish muddatlari deputat
nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 2