Deputat soʻrovi: "Saxovat" mahallasidagi 25-sonli bogʻchaning ichimlik suvi va yoʻl infratuzilmasi daxldor tashkilotlar e'tiborida
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Azamjon Kamolov tomonidan hududdagi “Saxovat” mahallasida joylashgan 25-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida (MTT) aniqlangan ikki yirik muammo yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga rasmiy Deputat soʻrovi yuborildi.
Tumanidagi 25-sonli bogʻcha shu kunga qadar markazlashgan toza ichimlik suvi tarmogʻiga ulanmagan.
Bogʻchadagi yosh bolalarning sogʻligʻi, sanitariya-epidemiologik holat va taom tayyorlash jarayoni xavf ostida qolmoqda.
"Surxondaryo Suv ta’minot" AJ Uzun tumani filiali* boshligʻi I.Doniyorovga soʻrov yuborildi.
"Saxovat" mahallasining ichki yoʻli, ayniqsa, 25-sonli bogʻchaga olib boruvchi asosiy yoʻl mutlaqo talabga javob bermaydi.
Bahor, kuz va qish oylarida yoʻl butkul loyga aylanib, harakatlanish imkonsiz boʻlib qoladi.
Bogʻcha bolalari, ota-onalar va aholi qiyinchilikka duch kelmoqda. Eng yomoni — tez tibbiy yordam va yongʻin xavfsizligi texnikalarining bogʻchaga yetib borishi qiyinlashgan.
Muammoni hal etish uchun Uzun tumani hokimligi qoshidagi Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi F.Kenjayevga murojaat qilindi.