Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT VA XALQ MULOQOTI: “O‘ZBEKISTON” MFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: “ERKINLIK” MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI NAZORATGA OLINDI
янв.21
BAHORISTON MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
QONUN VA DEPUTAT FAOLIYATI
янв.21
XALQ BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR Joyida O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA 24 TAVSIYA IJROSI AMALDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI KUN TARTIBIDAGI MASALA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHI: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA SHAFFOFLIK DIQQAT MARKAZIDA
Kengash_faoliyati

🏛 “Zevar” mahallasida hamkorlik va xavfsizlik nazoratda: faoliyat “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tahlil qilindi

✅Bandixon tumanida mahallabay ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va hududlar osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom etmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati M.Omonullayev o‘z saylov okrugiga qarashli “Zevar” mahallasida bo‘ldi.

✅Xususan, mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati mahalliy Kengash deputatlari uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida ko‘rib chiqildi.

🔹 kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
🔹 oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish holati;
🔹 aholini doimiy va daromadli ish bilan ta’minlash ko‘rsatkichlari;
🔹 fuqarolarning iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

✅ O‘rganish yakunida mavjud natijalar sarhisob qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1