Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT VA XALQ MULOQOTI: “O‘ZBEKISTON” MFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: “ERKINLIK” MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI NAZORATGA OLINDI
янв.21
BAHORISTON MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
QONUN VA DEPUTAT FAOLIYATI
янв.21
XALQ BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR Joyida O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA 24 TAVSIYA IJROSI AMALDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI KUN TARTIBIDAGI MASALA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHI: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA SHAFFOFLIK DIQQAT MARKAZIDA
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda

Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 1-apreldagi III-27-28-14-202-K/26-son qaroriga muvofiq, tumanda ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Mazkur qaror aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, mahallalar infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda fuqarolarning turmush sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan "14-O‘rikzor" okrugi deputati Abdushukurov Abdurashid Abdurahimovich tomonidan o‘z okrugi hududidagi O‘rikzor mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi. Jumladan, Samarbonu va Nurafshon ko‘chalari kesishmasida joylashgan 2 500 kvadrat metr hududda belgilangan reja asosida asfaltlashtirish ishlari olib borilayotgani bilan tanishildi.

🔼 Mazkur hududda amalga oshirilayotgan asfaltlashtirish ishlari ko‘chalarning transport qatnovi uchun qulayligini oshirish, piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash hamda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, fuqarolar uchun yaratilayotgan bunday qulay sharoitlar aholi kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, mahallaning yanada obod va fayzli bo‘lishiga zamin yaratmoqda.

🗣 Ta’kidlash joizki, hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ichki ko‘chalarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari fuqarolarning murojaatlari hamda ehtiyojlaridan kelib chiqib amalga oshirilmoqda. Bu esa xalq manfaatlarini ta’minlash, aholi turmush darajasini oshirish va mahallalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

⚙️ Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari tomonidan joylarda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yuzasidan jamoatchilik nazorati bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5