Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
HAFTALIK DAYJEST: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi faoliyati
янв.21
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputalik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: "Obod-yurt" mahallasida yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlandi.
янв.21
Milliy tilimiz – millat ko‘zgusi: 14-sonli MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ
янв.21
Navro‘z mahallasida "Kelajak soati": Deputatlar maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ

JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ

Bugun Chinor mahallasidagi 23-sonli umumta’lim maktabida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi MTDP fraksiyasi a’zosi G.Samiyeva, tuman Kengashi kotibiyat mudiri O‘.Rajabov, mahalliy Kengash deputatlari hamda mahalla yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Muloqot markazida yoshlar turgan ushbu uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

Yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish;

Yoshlar yetakchilari tomonidan uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimi;

Jinoyatchilikning barvaqt oldini olishda jamoatchilik nazorati.

Deputatlar va soha mutaxassislari yoshlar tomonidan berilgan takliflarni tinglab, har bir yoshning muammosi va qiziqishlari e’tibor markazida bo‘lishini ta’kidladilar

Slide 1 of 1