Uzun tumanida deputatlik so‘rovlari: Muammolar yechimiga qaratilgan qadamlar
📝Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputatlari Sanjarbek Toxirov tomonidan aholi murojaatlari asosida mutasaddi tashkilotlarga rasmiy so‘rovlar yuborildi:
💡Elektr xavfsizligi: "Malandiyon" mahallasidagi chirigan simyog‘ochlarni yangi beton ustunlarga almashtirish bo‘yicha tuman elektr tarmoqlari korxonasiga;
📉Kadastr masalasi: "Yangi ro‘zor" mahallasida temir yo‘l yaqinida joylashgan xonadonlarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishdagi muammolarni hal etish bo‘yicha Kadastr palatasi tuman filialiga.