Deputat va kotibiyat hamkorligi: Mahalladagi o‘rganishlar tahlil markazida
✅Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Rajabova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva tomonidan mahallalarda deputatlik nazoratini kuchaytirish va "mahalla yettiligi" bilan ishlash tizimi yuzasidan navbatdagi amaliy o‘rganish o‘tkazildi.
✅Manzil: "Yangi yo‘l" mahallasi
Uchrashuvning asosiy maqsadi — mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun ishlab chiqilgan eng muhim 24 ta tavsiya asosida "Yangi yo‘l" mahalla yettiligi ishini tahlil qilish va ularga uslubiy ko‘mak berishdan iborat bo‘ldi.