O‘rmonchi mahallasida deputatlik nazorati: Ta’lim muassasalari infratuzilmasini yaxshilash va mahalla yettiligi faoliyati e’tiborda
🇺🇿 Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati D.Yodgorova hamda Kengash kotibiyati mudiri O‘.Rajabov ishtirokida bugun "O'rmonchi" mahallasidagi ijtimoiy soha obyektlarining holati va aholi murojaatlari atroflicha o‘rganildi.
🔴Tashrif doirasida Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan 24 ta muhim tavsiyalar asosida mahalla yettiligining ish faoliyati va fuqarolar bilan muloqot tizimi tahlil qilindi.
🔴O‘rganishlar davomida 33-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishilib, binoni zamonaviy talablar asosida qayta rekonstruksiya qilish yuzasidan bildirilgan takliflar deputat tomonidan nazoratga olindi.
🔴Mazkur infratuzilma muammolarini bartaraf etish va zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlash maqsadida mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishib olindi.
🔴Muloqot yakunida mahalla faollariga aholi muammolarini hal etishda tezkorlikni oshirish hamda "mahallabay" ishlash tizimini yanada kuchaytirish yuzasidan zaruriy tavsiyalar berildi.