Uzun tumani FHDYo bo‘limi deputatlar nazoratida
📍Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari tomonidan "Deputat faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi" asosida tuman FHDYo organida o‘rganish o‘tkazildi.
🔎 Nimalar ko‘zdan kechirildi?
📍Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish tezligi va sifati;
📍Elektron navbat va raqamlashtirilgan xizmatlar holati;
📍Binodagi sharoitlar va xodimlarning muomala madaniyati.
✅ Natijalar:
O‘rganish davomida fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Xizmat ko‘rsatish jarayonini tezlashtirish, ortiqcha navbatlarning oldini olish va olis mahallalar uchun sayyor xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.