#24_ta_masala
3-Shodlik saylov okrugi: Mahalla "yettiligi" faoliyati va deputat nazorati
✅Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati A.Bakiyev o‘z saylov okrugidagi "Bahoriston" mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mahallabay ishlash tizimini takomillashtirishga oid ko‘rsatmalari hamda 24-sonli tavsiyalar ijrosi doirasida mahalla "yettiligi" faoliyatini atroflicha o‘rgandi.
✅O‘rganish jarayonida deputat A.Bakiyev mahalla faollari bilan muloqot qilib, "Bahoriston" mahallasida ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ijobiy baholadi.