35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligiga bag'ishlanadi: "Oila poliklinikalari" tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o'rni
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM — KELAJAK POYDEVORI: UZUN TUMANIDA O‘ZGARISHLAR VA ISTIQBOLLAR
янв.21
Iste’mol krediti – fuqarolarning moliyaviy manfaatlarini himoya qiluvchi muhim huquqiy mexanizm
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Chaqаr mahallasida ko‘chaboshilar bilan birgalikda aholi bilan muloqot qilib, ularning murojaat va muammolarini tingladi.
янв.21
Kengash raisi dasturlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Kengash raisi Chaqаr mahallasidagi xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengash raisi Chaqаr mahallasidagi “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi
янв.21
SESSIYAGA KIRITILADIGAN MASALALAR DASTLAB KENGASH RAISI RAHBARLIGIDA DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
BYUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
ISH REJA VA SESSIYA QARORI IJROSI O‘RGANILDI
📄 Qarorlar ijrosi deputatlar nazoratida!

📄 Qarorlar ijrosi deputatlar nazoratida!

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining 2026-yil 26-martdagi III-26-34-14-207-K/26-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son Qarori talablarini amalda ta’minlash maqsadida tumanda keng qamrovli o‘rganish ishlari tashkil etilmoqda.

Mazkur qaror bilan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, aholiga qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish, uy-joy fondining texnik holatini yaxshilash hamda tutash hududlarni obodonlashtirish borasida aniq vazifalar belgilab berilgan.

Shu asosda, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan mazkur qaror ijrosini o‘rganish maqsadida hududlarga chiqib, amaliy o‘rganish ishlari olib borildi. 

Shuningdek, Yunus Rajabiy ko‘chasidagi 60-, 66/1-2-3-, 66/4-ko‘p qavatli uylarning tom qismi, infratuzilmasi, kommunikatsiyalari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mas’ul tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati joyida ko‘zdan kechirildi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.

O‘rganish davomida, xususan, quyidagi muhim yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

▪️ Yakkasaroy tumanidagi ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarida qurilishi rejalashtirilgan infratuzilma obyektlarining tasdiqlangan manzilli ro‘yxati hamda ushbu obyektlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar;

▪️ 2026-yilda Yakkasaroy tumanidagi ko‘p qavatli uy-joy fondining tom qismini mukammal ta’mirlash, eskirgan tom yopmalarini yangilash hamda uylarning ichki muhandislik tizimlarini — jumladan, suv ta’minoti, oqova suv, elektr ta’minoti va issiqlik tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan manzilli chora-tadbirlar rejasi;

▪️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-48-son qarorining 7-bandi ijrosi yuzasidan 2026–2027-yillar davomida ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarida zamonaviy talablarga mos ravishda “yashil bog‘lar” tashkil etish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, bolalar maydonchalari va dam olish maskanlarini barpo etish bo‘yicha shakllantirilgan dastlabki manzilli dastur ijrosi;

▪️ ko‘p kvartirali uylar atrofidagi hududlarning sanitariya holati, obodonlashtirish ishlari sifati hamda aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar holati ham batafsil o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish jarayonlarida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Maxkamov Javoxir Mirvasilovich, komissiya a’zolari — Alimov Obid Karimdjonovich, Ziyarxodjayev Batir Nasrullayevich, shuningdek Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi bosh mutaxassisi D.Abdullajonov ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida mas’ul tashkilotlar mutasaddilariga aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli bajarish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, mazkur loyiha ijrosi deputatlar tomonidan doimiy nazoratga olindi hamda kelgusida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish, mas’ul tashkilotlar hisobotlarini muntazam eshitib borish va yuzaga kelayotgan masalalarni joyida hal etish belgilandi.

Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, uy-joy fondining texnik holatini mustahkamlash hamda hududlarni yanada obod va ko‘rkam qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1