Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
Yashil hududlar – shahar rivojining ajralmas qismi

Yashil hududlar – shahar rivojining ajralmas qismi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ilgari surilgan muhim tashabbus yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, shahar va hududlarni yanada ko‘kalamzorlashtirish yo‘lidagi izchil siyosatning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Ushbu tashabbus nafaqat tabiatni muhofaza qilish, balki aholi salomatligini yaxshilash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va kelgusi avlodlar uchun sog‘lom muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi va ekolog sifatida ta’kidlamoqchimanki, bu kabi loyihalar joylarda amaliy harakatlar bilan qo‘llab-quvvatlanishi zarur. 

Ayniqsa: 

— daraxt ekish ishlarini ilmiy yondashuv asosida tashkil etish;

— ko‘chatlarni parvarishlash va saqlash tizimini kuchaytirish;

— aholini, ayniqsa yoshlarni ekologik madaniyatga jalb etish;

— har bir mahalla darajasida “yashil hudud”larni kengaytirish muhimdir.

Olmazor tumanida ham “Yashil makon” loyihasi doirasida amaliy ishlar izchil davom ettiriladi. Biz nafaqat daraxt ekish, balki ularning yashnab ketishi uchun mas’uliyatli tizimni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratamiz.

Shuningdek, mazkur tashabbus doirasida deputatlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim yangiliklar ham belgilandi. Xususan, joriy yildan boshlab Qonunchilik palatasining har bir deputatiga o‘z saylov okrugida “yashil hudud” va “yashil bog‘”lar barpo etish uchun 412 million so‘mdan mablag‘ ajratilishi belgilanmoqda.

Bu, o‘z navbatida, deputatlarning hududlardagi ekologik islohotlardagi amaliy ishtirokini yanada kuchaytiradi, aholi bilan hamkorlikda aniq va manzilli loyihalarni amalga oshirish imkonini kengaytiradi.

Shu bilan birga, “Mening bog‘im” dasturi doirasida ajratiladigan mablag‘lar miqdorining 400 million so‘mgacha oshirilishi ham joylarda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yangi bosqichga olib chiqadi. 

Bu imkoniyatlardan samarali foydalanib, har bir hududda aholiga qulay, ekologik barqaror “yashil makon”lar yaratish dolzarb vazifa hisoblanadi. Chunki atrof-muhitni asrash — bu faqat davlat yoki tashkilotlar vazifasi emas, balki har bir fuqaroning burchidir.

Umarxodjayeva Shaxnoza, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi

Slide 1 of 1