Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
HAFTALIK DAYJEST: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputalik so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: "Obod-yurt" mahallasida yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlandi.
янв.21
Milliy tilimiz – millat ko‘zgusi: 14-sonli MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ
янв.21
Navro‘z mahallasida "Kelajak soati": Deputatlar maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
#24_ta_masala Kichik biznes — katta imkoniyat: Urgutda pishiriq tsexi xotin-qizlar bandligini ta’minlamoqda

#24_ta_masala

Kichik biznes — katta imkoniyat: Urgutda pishiriq tsexi xotin-qizlar bandligini ta’minlamoqda

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Nilufar Jafarova tomonidan Urgut tumanidagi “Kamardon” MFY hududida faoliyat yuritayotgan kichik pishiriq tsexi faoliyati o‘rganildi.

✅ Mazkur tsex kichik hajmda tashkil etilgan bo‘lishiga qaramasdan, mahalliy aholi uchun muhim daromad manbai va bandlik o‘chog‘iga aylangan. Ayniqsa, bu yerda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar uchun nafaqat ish joyi, balki o‘z salohiyatini namoyon etish va oilaviy daromadni oshirish imkonini berayotgan muhim maskan hisoblanadi.

✅ Hozirgi kunda ushbu pishiriq tsexida mahallada istiqomat qiluvchi 20 nafardan ortiq xotin-qizlar mehnat qilmoqda. Ular turli xil pishiriqlar tayyorlab, ichki bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda.

👍 O‘rganish jarayonida mazkur faoliyat ijobiy baholanib, bunday kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishni rag‘batlantirish zarurligi ta’kidlandi.

👍 Bunday tashabbuslar hududlarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda mahalliy iqtisodiyotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 4