Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING HAFTALIK ISH REJASI (13-17-APREL)
янв.21
Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorligi — taraqqiyot garovi
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR
янв.21
Deputat “Yangiro‘zg‘or”da yangi bino qurish tashabbusi bilan chiqdi.
янв.21
Uzun tumani FHDYo bo‘limi deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla aholisini qiynab kelayotgan yo‘l masalasida deputatlik so‘rovi chiqarildi.
янв.21
Hamkorlik – muammolar yechimida muhim omil !
янв.21
Deputatlik so‘rovlari orqali amaliy hamkorlik va ijobiy yechim
янв.21
Deputat faoliyati: Muammolar joyida o'rganilmoqda
MODERNIZATSIYA VA SAMARADORLIK TAHLILI DEPUTAT E’TIBORIDA

Urganch shahridan Xiva shahrigacha olib boruvchi pullik yo'lda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ya'ni davlat dasturiga tushgan obektni o'rganish shuningdek, yangi qurilayotgan temir yo'lni qurilish ta'mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. 

Xorazm viloyatida transport bog‘liqligini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari va soha mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganildi. Bu borada Urganchdan Xivagacha bo‘lgan masofada barpo etilayotgan pullik yo‘l loyihasi davlat-xususiy sheriklik asosida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil yanvar va mart oylarida o‘tkazilgan transport va infratuzilma loyihalari taqdimotlari hamda "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi doirasidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilmoqda. 

Ushbu ikki shaharni bog‘lash yangi va zamon talablariga har tomonlama javob beraoladigan yo‘lning uzunligi taxminan 30-35 km ni tashkil etadi. Bu yo‘lni qurishdan asosiy maqsad, yo‘lovchi tashish vaqtini 2 barobarga qisqartirish va xalqaro turizm oqimini ko'paytirishdan iborat. 

Bu boradagi ishlarni taxlil qilishda shahar Kengashi deputatlarining o‘rni juda muhim, chunki shahar infratuzilmasining yangi bosqichga chiqishida avvalo shahar aholisi, qolaversa xalq vakillari hisoblangan deputatlarning bevosita nazorati, loyihalarni shakllantirishdagi faol ishtiroki hal qiluvchi ahamiyatga ega. 

Slide 1 of 3