Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING HAFTALIK ISH REJASI (13-17-APREL)
янв.21
Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorligi — taraqqiyot garovi
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR
янв.21
Deputat “Yangiro‘zg‘or”da yangi bino qurish tashabbusi bilan chiqdi.
янв.21
Uzun tumani FHDYo bo‘limi deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla aholisini qiynab kelayotgan yo‘l masalasida deputatlik so‘rovi chiqarildi.
янв.21
Hamkorlik – muammolar yechimida muhim omil !
янв.21
Deputatlik so‘rovlari orqali amaliy hamkorlik va ijobiy yechim
янв.21
Deputat faoliyati: Muammolar joyida o'rganilmoqda
#jarayon

Deputat tomonidan mahalla raisi hamda xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi

Tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan Rovatak mahalla raisi hamda xotin-qizlar faolining faoliyati tahlil qilindi. O‘rganish jarayonida aholi bilan ishlash tizimi, murojaatlarni ko‘rib chiqish va ularning ijrosi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar e’tiborga olindi.

Mahalla raisining hududda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish, obodonlashtirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlari yuzasidan ma’lumotlar tinglandi. Shuningdek, mahalla hujjatlarining yuritilishi, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlik darajasi o‘rganildi.

Xotin-qizlar faolining xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning muammolarini o‘rganish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish borasida olib borayotgan ishlari tahlil qilindi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi!

Slide 1 of 1