Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING HAFTALIK ISH REJASI (13-17-APREL)
янв.21
Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorligi — taraqqiyot garovi
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR
янв.21
Deputat “Yangiro‘zg‘or”da yangi bino qurish tashabbusi bilan chiqdi.
янв.21
Uzun tumani FHDYo bo‘limi deputatlar nazoratida
янв.21
Hamkorlik – muammolar yechimida muhim omil !
янв.21
Mahalla aholisini qiynab kelayotgan yo‘l masalasida deputatlik so‘rovi chiqarildi.
янв.21
Deputatlik so‘rovlari orqali amaliy hamkorlik va ijobiy yechim
янв.21
Deputat faoliyati: Muammolar joyida o'rganilmoqda
Haftalik ish rejasi doirasida deputat mahallada

Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining “Haftalik ish rejasi”ga muvofiq, deputat R.Y.Turdiyeva “Tolariq” MFYda bo‘lib, “yettilik” a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni 24 ta tavsiyaviy savolnoma asosida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish tadbiri davomida “yettilik” faoliyatiga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–82, PF-163, PF–209, PF-258-sonli Farmonlari, PQ–48, PQ-49, PQ-267-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining VM-145, VM-158 va VM-35-sonli qarorlari ijrosi asosida o‘rganildi. 

Shuningdek, “yettilik” a’zolarining xar birining o‘z yo‘nalishi bo‘yicha e’tibordan tushib qolayotgan, biroq dolzarb bo‘lgan yechimini kutib turgan masalalar: jumladan, ko‘p qavatli turar joy binolaridagi liftlarni holati, boshqaruv kompaniyalari (BSK) faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (poyezdlari), yerto‘lalari, atrofdagi maydon tozaligi, yoshlar bandligi, mahalladagi aholi va bolalarni sport bilan shug‘ullanishi uchun anjomlari mavjudligi, jihozlarining holati to‘g‘risida batafsil suhbat olib bordi.

Suhbat davomida deputat R.Turdiyeva xalq deputatlar Mirobod tuman Kengashining 21-sessiyasida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid qabul qilgan qarorlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. 

Suhbat jarayonlarida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi T.Xamdamov qatnashdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash 
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 
Slide 1 of 5