Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT VA XALQ MULOQOTI: “O‘ZBEKISTON” MFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: “ERKINLIK” MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI NAZORATGA OLINDI
янв.21
BAHORISTON MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
QONUN VA DEPUTAT FAOLIYATI
янв.21
XALQ BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR Joyida O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA 24 TAVSIYA IJROSI AMALDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI KUN TARTIBIDAGI MASALA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHI: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA SHAFFOFLIK DIQQAT MARKAZIDA
Sport – salomatlik garovi: Deputatlar hududlardagi sport obyektlari va sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi

Xalq deputatlari Jarqo'rg'on tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Samanov, Kengash raisi D.Xashimova hamda deputatlar A.Toshpo'latov, A.Xamrayev va O.Maxmudovlar bugun "Istiqlol" mahallasidagi "Sport maktabi" faoliyati, "Surxon sohili" mahallasidagi “Paxtakor” stadioni hududida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor quyidagi jihatlarga qaratildi:

Sport maktabi faoliyati:

Deputatlar tomonidan sport maktabining mavjud moddiy-texnik bazasi, o‘quvchi-sportchilar uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi. Murabbiylarning malakasi va sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasi tahlil qilindi. Bugungi kunda ushbu maskan yuzlab yoshlarni professional sportga tayyorlash markaziga aylangan.

"Surhon sohili" mahallasidagi “Paxtakor” stadioni faoliyati va undagi yangi loyiha:

Mahalla hududida joylashgan "Paxtakor" stadioni bugun nafaqat futbolchilar, balki barcha yoshdagi aholi uchun salomatlik maskaniga aylangan. Aholi gavjum bo‘ladigan “Paxtakor” stadioni hududida ayni paytda yangi, zamonaviy kurash zali barpo etilmoqda. Deputatlar mazkur sport ob’ektining qurilish sifatini va loyiha parametrlarini tahlil qildilar:

Loyiha quvvati: Bir kunda 150 nafar fuqarolarni qabul qilishga mo‘ljallangan hamda umumiy maydoni: 288 kvadrat metrni tashkil etadi.

O'rganishlar yakunida deputatlar qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, stadion hududidan aholining unumli foydalanishini tashkil etish, sport maskanlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdilar.

Xalq deputatlari Jarqoʻrgʻon tumani Kengashi

Slide 1 of 10