Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
HAFTALIK DAYJEST: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi faoliyati
янв.21
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputalik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: "Obod-yurt" mahallasida yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlandi.
янв.21
Milliy tilimiz – millat ko‘zgusi: 14-sonli MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ
янв.21
Navro‘z mahallasida "Kelajak soati": Deputatlar maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
Beshchinor mahallasida amaliy muloqot

Beshchinor mahallasida amaliy muloqot

✅Samarqand viloyati 6-Mehrobod saylov okrugidan Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Akbarali Qayumov navbatdagi ishchi tashrifi doirasida Samarqand shahrida joylashgan Beshchinor mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashdi.

✅Uchrashuv davomida mahallada mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda ularni hal etishning samarali mexanizmlari atroflicha muhokama qilindi. Ayniqsa, muammolar bilan tizimli ishlash, har bir yo‘nalish kesimida aniq vazifalarni belgilab olish va ularni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Deputat ta’kidlaganidek, mahalla — islohotlarning eng quyi va eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, aynan shu yerda aholi dardi eshitiladi, muammolarga yechim topiladi. Shu bois, har bir masala yuzasidan aniq muddat va mas’ullar belgilangan holda ish olib borish muhim. Uchrashuv yakunida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda sohalar kesimida amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

✅Suhbat jarayonida mahalla binosini ta’mirlash masalasi ham ko‘tarildi. Qayd etilganidek, bino ancha yillardan buyon ta’mirtalab holatga kelib qolgan bo‘lib, fuqarolarni qabul qilish va tadbirlar o‘tkazish uchun qulay sharoit yaratish zarurati mavjud.

✅Mazkur masala deputat tomonidan joyida o‘rganildi. Akbarali Qayumov mahalla binosini zamonaviy talablar asosida ta’mirlash, uni obod va namunaviy maskanga aylantirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Xususan, binoning ichki va tashqi qismini ta’mirlash, fuqarolar qabuli uchun alohida qulay xonalar tashkil etish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash uchun sharoitlarni yaxshilash lozimligi ta’kidlandi.

✅Deputat ushbu masalada amaliy yordam ko‘rsatishini bildirib, ta’mirlash ishlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu mahalla faollari va aholi tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.

✅Uchrashuv samimiy va ishchan ruhda o‘tdi. Tomonlar mahalladagi muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, hududni yanada obod va farovon maskanga aylantirish yo‘lida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar.

✅@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 9