Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
HAFTALIK DAYJEST: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputalik so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: "Obod-yurt" mahallasida yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlandi.
янв.21
Milliy tilimiz – millat ko‘zgusi: 14-sonli MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ
янв.21
Navro‘z mahallasida "Kelajak soati": Deputatlar maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati L.Mamasoliyeva tashabbusi bilan Qirqvolida mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan 10-umumiy oʻrta taʼlim maktabida yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

        Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchilar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, turli salbiy illatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishdan iborat bo‘ldi.

        Tadbir davomida deputat tomonidan yoshlar tarbiyasi, ularning huquq va majburiyatlari, shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda ularni yot g‘oyalardan asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4