35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat “Ustozlar” ko‘chasi faollari bilan uchrashdi
янв.21
Veterinariya sohasidagi ishlar nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan - “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Istiqlol bayrami arafasida hududlarda obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar tarbiyasida nuroniylar o‘rni
янв.21
Aholi murojaatlari deputat nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
Ota-onalar huquqlari va axborot olish kafolatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan Qo‘qon shahar Bolalar stomatologiya poliklinikasida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ota-onalar va qonuniy vakillarning huquqlari hamda axborot olish kafolatlariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, har bir tibbiy amaliyot yoki davolash bosqichidan oldin ota-onalar yoki qonuniy vakillarni to‘liq xabardor qilish va ularning yozma roziligini olish tartibiga rioya etilishi o‘rganildi.

Shuningdek, bolaga qo‘yilgan tashxis, davolash rejasi, muolaja davomida foydalaniladigan ashyolar hamda ehtimoliy oqibatlar haqida ota-onalarga tushunarli, ochiq va to‘liq axborot berilishi holatiga e’tibor qaratildi.

Muolaja jarayonida esa ota-ona yoki qonuniy vakilning bola yonida bo‘lishiga to‘sqinliksiz imkoniyat yaratilganligi ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ota-onalarning tibbiy xizmat jarayonida to‘liq axborot olish huquqini ta’minlash hamda tibbiy muolajalarni amalga oshirishda qonuniy talab va kafolatlarga qat’iy rioya etish masalalariga alohida ahamiyat berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3