35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat “Ustozlar” ko‘chasi faollari bilan uchrashdi
янв.21
Veterinariya sohasidagi ishlar nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan - “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Istiqlol bayrami arafasida hududlarda obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar tarbiyasida nuroniylar o‘rni
янв.21
Aholi murojaatlari deputat nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 24-“Tolbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna tomonidan “Said ota” MFYda joylashgan 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati o‘rganildi.O‘rganish davomida maktabning moddiy-texnik bazasi,binoning umumiy holati, o‘quv xonalari, to‘garaklar faoliyati, musiqa yo‘nalishida foydalanilayotgan cholg‘u asboblari, sahna liboslari holati
ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, muassasada faoliyat yuritayotgan to‘garaklar, o‘quvchilarning respublika va xalqaro ko‘rik-tanlovlarda erishayotgan yutuqlari, yoshlarni san’atga keng jalb etish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar bilan tanishildi.Hozirda maktabda 34 turdagi to‘garak faoliyat yuritayotgani ma’lum qilindi.Maktab direktori Malikov Ulug‘bek bilan suhbat davomida muassasada faoliyat yuritayotgan amaliy va ijodiy to‘garaklar, yoshlarni san’atga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.Shu bilan birga, maktab direktori tomonidan muassasadagi mavjud muammo ham deputat e’tiboriga yetkazildi. Xususan, xoreografiya xonasidagi kiyinish hamda yuvinish xonasida ta’mirtalab joylar mavjudligi, devorlarning ayrim qismlarida suvoq ko‘chganligi ma’lum qilinib, ushbu kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam so‘raldi.Mazkur muammo yuzasidan deputat tomonidan tegishli mutasaddilarga deputatlik so‘rovi bilan murojaat etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va muammoning amaliy yechimini ta’minlash masalasini deputatlik nazoratiga olish belgilandi.O‘rganish yakunida muassasaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mavjud sharoitlarni yaxshilash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning iste’dod va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.Madaniyat muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik va deputatlik nazorati doirasidagi o‘rganishlar mavjud muammolarni aniqlash,ularni bartaraf etish hamda yosh avlodning san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida izchil davom ettiriladi.
  

Slide 1 of 6