35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat “Ustozlar” ko‘chasi faollari bilan uchrashdi
янв.21
Veterinariya sohasidagi ishlar nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan - “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Istiqlol bayrami arafasida hududlarda obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar tarbiyasida nuroniylar o‘rni
янв.21
Aholi murojaatlari deputat nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
Bolalar stomatologiya poliklinikasida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi hamda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan Qo‘qon shahar bolalar stomatologiya poliklinikasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish ishlari tuzilgan savolnoma asosida tashkil etilib, muassasada bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi hamda ota-onalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, muassasada bolalarga bepul ko‘rsatiladigan kafolatlangan tibbiy xizmatlar ro‘yxati ota-onalar uchun ko‘rinarli va qulay joyga joylashtirilganligi o‘rganildi.

Shuningdek, bolalarni qabul qilish tartibi, elektron navbat yoki oldindan yozilish tizimining to‘g‘ri va qulay yo‘lga qo‘yilganligi, fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda ortiqcha noqulayliklarning oldini olish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar ko‘rib chiqildi.

Alohida e’tibor imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlarga qaratildi. Xususan, binoda panduslar mavjudligi, eshiklarning kengligi, maxsus xonalar va boshqa zarur infratuzilmalar holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, bolalarga sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatish, ota-onalar uchun zarur axborotlarni ochiq va ko‘rinarli tarzda taqdim etish hamda alohida ehtiyojga ega bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2