35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat “Ustozlar” ko‘chasi faollari bilan uchrashdi
янв.21
Veterinariya sohasidagi ishlar nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan - “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Istiqlol bayrami arafasida hududlarda obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar tarbiyasida nuroniylar o‘rni
янв.21
Aholi murojaatlari deputat nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan fuqaro murojaati asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va qabullar davomida Qo‘qon shahar “Qo‘shchinor” mahalla fuqarolar yig‘ini Toshpo‘lat O‘razqul ko‘chasi 21-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Meliboyeva tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida kredit ajratish bo‘yicha murojaat qilindi.

Murojaatda fuqaroning o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi va kengaytirishi uchun imtiyozli kredit ajratilishida amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi so‘ralgan.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan Qo‘qon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i M.Axmedovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida:
Qo‘qon shahar “Qo‘shchinor” MFY Toshpo‘lat O‘razqul ko‘chasi 21-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Meliboyevaga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida kredit ajratish masalasi qachon hal etilishi yuzasidan batafsil ma’lumot berilishi so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, deputatlik so‘roviga qonunchilikda belgilangan tartibda javob taqdim etilishi hamda murojaat yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2