35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

KENGASH QARORINING IJROSI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-sonli qarorida belgilangan vazifalar, xususan, Obodonlashtirish boshqarmasiga biriktirilgan hududlardagi avtoturargohlarni xatlovdan o‘tkazish va avtomatlashtirilgan nazorat tizimlarini joriy etish holati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, avtoturargohlardan foydalanish, xizmat ko‘rsatish tariflarini belgilash hamda ularni Kengash ko‘rib chiqishiga kiritish bo‘yicha ishlar tahlil qilindi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 2