🚶♂️ Ko‘cha hududi birgalikda aylanib, aholi bilan suhbatlashildi. O‘rganish davomida ehtiyojmand oila Bakirov Ro‘zali xonadoniga kirilib, ularning yashash sharoiti va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishildi. Oilaning uy-joyini kadastrdan o‘tkazish masalasi bo‘yicha murojaati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida aniqlangan masalalar tegishli mas’ullar bilan muhokama qilinib, bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.
📋 Mazkur masala deputat nazoratiga olinib, uning yechimi va amalga oshirilayotgan ishlar keyinchalik qayta o‘rganiladi.
💬 “Deputatning saylov okrugida aholi bilan bevosita muloqot qilishi, xonadonlarga kirib, muammolarni joyida o‘rganishi-murojaatlarning amaliy yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi”.
👇Bizni kuzatishda davom eting👇
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi