PQ–49-son qarori ijrosi doirasida amaliy ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati N. I. Babojonova, Hayrabod MFY raisi G. Rajabova hamda Hayrabod mahallasidagi Bo‘stonliq va Mevaston ko‘chalari boshliqlari O. Matyoqubov va Q. Matyoqubovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–49-son qarori ijrosi doirasida hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish va asfaltlashtirish ishlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.
O‘rganish davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, xususan, ko‘chalarni asfaltlashtirish, obodonlashtirish va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlarning borishi bilan yaqindan tanishildi.
Mazkur amaliy ishlar mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, hududlarning obodligini ta’minlash hamda fuqarolarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.
O‘rganish jarayonida ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi, shuningdek, aholi manfaatlari va murojaatlariga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
Bunday sa’y-harakatlar hududlarni kompleks rivojlantirish, mahallalarda obodlik va farovonlikni ta’minlash hamda davlat siyosatining joylarda izchil ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.