🟢 FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBORDA
📍 Sherobod tumani Kengashi Kotibiyatida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazilib, murojaatlar tinglandi.
🔹 G‘ambur mahallasi fuqarosi R. Sulaymonovning kadastr masalasidagi murojaati;
🔹 Boyqishloq mahallasi fuqarosi Sh. Hazratqulovning ijtimoiy masaladagi muammosi ko‘rib chiqildi.
🤝 Murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan bog‘lanilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.
📌 Fuqarolarning murojaatlarini eshitish, ularning muammolariga yechim topish va amaliy yordam ko‘rsatish Kengash Kotibiyatining doimiy e’tiborida.