🏗 DEPUTAT TASHABBUSI — MAHALLA BIRDAMLIGI BILAN AMALIY NATIJAGA AYLANMOQDA!
🌿 Avval xabar berganimizdek, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 9-G‘urin — Hakimobod saylov okrugi deputati Shoymonov Yo‘ldosh Rustamovich tashabbusi bilan Hakimobod mahallasi kirish qismida hashar yo‘li bilan arka qurilishi ishlari boshlangan edi.
✨ Bugun esa ushbu ezgu tashabbus yakuniy bosqichga yetib, ko‘zlangan ishlar o‘zining amaliy natijasini namoyon etmoqda.
🤝 Deputat tashabbusi, mahalla faollari va ahlining hamjihatligi hamda faol ishtiroki natijasida mahalla kirish qismida hududga ko‘rk bag‘ishlaydigan chiroyli arka qad rostlamoqda.
🏡 Muhimi, bu jarayon deputat va mahalla hamkorligining amaliy namunasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Boshlangan xayrli ishni yakuniga yetkazish yo‘lida bir maqsad atrofida birlashgan yurtdoshlarimizning sa’y-harakatlari tahsinga loyiq.
🌱 Ezgu tashabbus + hamjihatlik + amaliy harakat = obod mahalla!
👏 Ushbu bunyodkorlik ishida faol ishtirok etayotgan mahalla ahli, faollar va barcha tashabbuskor yurtdoshlarimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
🏘 Obod mahalla — hamjihatlik va ezgu tashabbuslarning yorqin natijasi!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.