Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N.Aliyev tashabbusi bilan hamda "Nuroniy" jamg‘armasi Pastdarg‘om tumani bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi "Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-92-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "Bir nuroniy — o‘n yoshga mas’ul" ko‘rik-tanlovining Pastdarg‘om tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
✅Tuman Madaniyat uyida tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilarning yosh avlod tarbiyasi, ular bilan ishlashdagi faolligi hamda hayotiy tajribasi hakamlar hay’ati tomonidan atroflicha baholandi.
✍️Natijalarga ko‘ra:
🥇1-o‘rinni — Paxtakor MFYdan Mallayev Tolib
🥈2-o‘rinni — Yangiobod MFYdan Qilichov Raim
🥉3-o‘rinni — Sh. Rashidov MFYdan Muhammedova Feruza qo'lga kiritdi.
✅G‘oliblar munosib taqdirlanib, tanlab olingan faollar musobaqaning keyingi viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi.