Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 12-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat M. Kilichov tomonidan Baxshiboyi mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida ko‘p qavatli uy-joylarda liftlarning ishlash holati, ulardan aholining xavfsiz va qulay foydalanishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammolarga e’tibor qaratildi.
📌 Liftlarning uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta’minlash, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholiga qulay sharoit yaratish masalalari deputatlik nazoratiga olindi.