📅 13-avgust
👤 14-Ipakchi saylov okrugidan saylangan deputat M.Madraximov
👤 “Madad” NNT Huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi O.Ataxanov ishtirokida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📌 Uchrashuv davomida:
🔹 Fuqarolarning murojaatlari tinglandi va muammolari o‘rganildi;
🔹 Ijtimoiy-huquqiy masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi;
🔹 Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi;
🔹 Murojaatlarni qonuniy tartibda hal etish yo‘llari tushuntirildi;
🔹 Zarur hollarda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
🤝 MAQSAD:
Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy huquq hamda manfaatlarini ta’minlashga ko‘maklashish.
Deputatlik faoliyatining asosiy mezoni — xalq bilan muloqot, muammolarni tinglash va ularning yechimiga amaliy ko‘mak berish.