35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputatlik nazorati doirasida korxonadagi mehnat va ekologik sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Xitoylik investorlar bilan 30 million dollarlik istiqbolli loyiha yuzasidan kelishuvga erishildi
янв.21
Deputat so‘rovlari: faollik va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Ijtimoiy sohadagi muhim masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Oilalarning ijtimoiy ahvoli o‘rganilmoqda
янв.21
Tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan ta’lim muassasalari o‘rganilmoqda
янв.21
Ta’lim uchun qulay muhit zarur - deputatlik nazorati doirasida dastur ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xitoyning “Tzentay tzinszi technology” korxonasi tomonidan 20 million dollarlik yangi loyiha ishga tushiriladi
Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda 21-B.Marg‘iloniy saylov okrugi deputati, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi R. Alijonova tomonidan 2-Saxovat saylov okrugidagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida tashkil etildi.

O‘rganish davomida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olish huquqlarini ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur Qonunning asosiy maqsadi nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Shu nuqtayi nazardan, ta’lim muassasalarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularning ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash va inklyuziv ta’lim muhitini rivojlantirish dolzarb vazifalardan biridir.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 5-avgustdagi VII-30-56-11-168-K/26-son qarori — “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi qaror ijrosi doirasida 18-sonli maktabda imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olishi uchun inklyuziv xonalar tashkil etish holati ham ko‘zdan kechirildi.

Mazkur ishlar ta’lim muassasasida barcha o‘quvchilar uchun, jumladan, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun ham munosib va qulay ta’lim muhitini shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, kuz-qish mavsumiga hozirlik hamda inklyuziv ta’lim uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan tegishli masalalar nazoratga olindi.

Ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olish huquqlarini amalda ta’minlash kabi masalalar mahalliy Kengash deputatlarining doimiy e’tiborida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 6