35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Sessiya oldi o‘rganish: hududlarda sanitariya holati nazorat qilinmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Toza hudud” davlat unitar korxonasining tumanda sanitariya-epidemiologik holatni yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish hamda debitor qarzdorliklarni undirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Mazkur yo‘nalish doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M.Pardayev tomonidan Go‘zalkent MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalladagi sanitariya holati, maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish tizimi ko‘zdan kechirildi. Aniqlanishicha, mahalladagi 7 ta ko‘chadan biri bo‘lgan Moxidil-1 hududidagi ko‘p qavatli uylar chiqindi maydonchasida sanitariya holati talab darajasida emas. Chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqilmagani natijasida hududda noqulay holat yuzaga kelgan.
Deputat tomonidan aniqlangan muammo tegishli tashkilotlar e’tiboriga yetkazilib, chiqindilarni muntazam olib chiqish, chiqindi maydonchasini tartibga keltirish hamda hudud sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalalari belgilandi.

Slide 1 of 2