Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati T. Lutfullayev Toshrabot hududida joylashgan bozorda bo‘ldi.
Deputat tumandagi Toshrabot hududida joylashgan bozorda narx-navolar, savdo jarayonlari, tozalik va obodonlashtirish ishlari holati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berildi hamda bozorda tartib va sanitariya holatini yanada yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.