“Gulbuloq” mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.
O‘zbekiston Milliy tiklanish partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining 22-“Gulbuloq” saylov okrugi deputati O’.Hamrayev “Gulbuloq” mahallasida bo‘lib, dastur asosida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish davomida mahallada amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining borishi, sifati hamda aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishildi.
Deputat tomonidan ishlar sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Bunday ishlar mahallaning yanada obod bo‘lishi va aholi uchun qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.