Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi

#24ta_masala
Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati Ch.Rajabova kotibiyat bosh mutaxassisi A.Sa'dullayev hamda “Madad” NNT vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan 4-Loliston saylov okrugida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Shahrisabz tumani hokimi va tuman Kengashi deputati S.Xasanovning talab hamda tavsiyalari asosida nogironligi bo‘lgan fuqarolar istiqomat qilayotgan xonadonlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar holati nazoratdan o‘tkazildi.

Shuningdek, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati, manzilliligi va samaradorligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2