Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xotin-qizlar faoli faoliyatidagi samaradorlik o‘rganildi

  O‘rganish jarayonida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar olindi. Shuningdek deputat tomonidan oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. 

O‘rganish yakunida “Mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida hudud aholisini qiynayotgan dolzarb masalalar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish hamda mavjud muammolarga yechim topish yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

  🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1