Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

🎉 YANA BIR YUKSAK YUTUQ BILAN TABRIKLAYMIZ! 🇺🇿

🏆 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zosi Ollaberganova Bikajon Ochilovna nufuzli "Viloyat hokimi stipendiyasi" tanlovida munosib ishtirok etib, g‘olib deb e'tirof etildi.
👏 Ushbu yuksak natija Bikajonning bilimga bo‘lgan intilishi, mehnatsevarligi va izlanishlarining munosib e'tirofidir.
💐 Bikajonni ushbu quvonchli yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz! Shuningdek, uning ota-onasi va ustozlariga fidokorona mehnati hamda qo‘llab-quvvatlovi uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.
📚 Ma'lumot uchun:
🔹 Asosiy fan olimpiadasining ingliz tili yo‘nalishi bo‘yicha viloyat bosqichi 3-o‘rin sohibi;
🔹 IELTS – 7.5 ball;
🔹 SAT – 1470 ball natijasiga ega.
🌟 Bikajonga kelgusidagi ta'lim va faoliyatida yanada ulkan zafarlar, yangi marralar hamda xalqimiz va Vatanimiz ravnaqi yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Slide 1 of 2