Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
 🔹 Xalq deputatlari tuman Kengashining 19-Ibn Sino saylov okrugi deputati M.Turopova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi O.Norbo‘tayevlar tomonidan Obod mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

🔹 O‘rganish jarayonida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, o‘zini o‘zi band qilish hamda daromadli mehnat bilan qamrab olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔹 Shuningdek, ehtiyojmand oilalar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, ularga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak hamda davlat dasturlari doirasida yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish holati atroflicha o‘rganildi.

🔹O‘rganish davomida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

🔹Kambag‘allikni qisqartirish, aholi turmush darajasini yaxshilash va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi ishlar ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.